12 yoshdan kattalar uchun


  • Milliy taomlar

    O'yinda ko'plab milliy taomlar va ularni tayyorlash uchun kerakli masallixlar jamlangan. Sizning maqsadingiz, ma'lum bir darajani olish uchun aniq bir miqdordagi milliy taomlarni barcha kerakli masallixlardan foydalangan holda tayyorlash.

  • Yo'l harakati qoidalari

    Yo'l harakati qoidalarini o'rgatuvchi belgilar bo'yicha bilimingizni tekshirib ko'ring. Har bir savolga javob berish vaqti chegaralangan. To'g'ri javob uchun taklif qilingan variantdan mosini tanlab olish lozim. Iloji boricha ko'proq ball yig'ish lozim. Avtorizatsiyadan o'tib o'ynash tavsiya etiladi. Natijalar saqlanadi va ularni yaxshilash hamda reytingda ishtirok etish mumkin bo'ladi. Uchinchi sinf va undan katta yoshlilar uchun mo'ljallangan o'yin.

  • Geografiya

    Siz, qaysi mamlakat qayerda joylashganligini bilasizmi? Ushbu mamlakatlarning poytaxtlari, bayroqlari haqida ma'lumotga egamisiz? Unday bo‘lmasa sira xafa bo‘lmang, chunki ushbu o‘yin orqali siz o‘z bilimlaringizni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ushbu o‘yindan maqsad barcha mamlakatlarni topish va ularga tegishli bo‘lgan poytaxtlar va bayroqlarni aniqlashdir. Sizning e'tiboringizga 3 xil rangdagi bosqichlar havola etilgan: moviy rang, olov rang va feruza rang (pastdagi tugmachalar). Agar siz xarita orqali mamlakatni topmoqchi bo‘lsangiz, moviy rang tugmachani bosasiz va sizga kerakli qit'ani tanlaysiz, poytaxtni topmoqchi bo‘lsangiz olov rangli tugmachani tanlaysiz, bayroqni topmoqchi bo‘lsangiz feruza rangli tugmachani tanlaysiz. Har bir ob'yektni qidirish uchun (mamlakat, poytaxt, bayroq) 20 soniya vaqt ajratiladi. Siz berilgan 20 soniya vaqt ichida barcha savollarga javob berishga ulgura olmasangiz yoki noto‘g‘ri javob bersangiz, kompyuter siz qidirayotgan ob'yekt qayerda joylashganligini o‘zi sizga ko‘rsatib beradi.

  • Sport turini aniqla

    Sportning muayyan turiga tegishli turli xildagi sport jihozlari ekranda paydo bo’ladi. O’yinchidan taklif etilgan to’rt sport turi variantlaridan tegishlisini tanlab olish talab qilinadi. Ishtirokchi variantlardan birini tanlab olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.

  • Saralash

    Xotira mashqi o‘yini. O‘yin boshlanishida o‘yinchiga juft sonni xotirada saqlash imkoniyati beriladi. O‘yinga start berilgandan keyin o‘yinchi jonivorga oid raqamni to‘g‘ri ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

  • Bayroqlar va mamlakatlar

    Mazkur ilova sizni davlat bayroqlari bilan birga geografiya fanini o’zlashtirishingizga yordam beradi.

  • Maktab dasturidan savollar

    Mazkur ilovada turli mavzularga oid maktab savollari o’yin tarzida ifodalangan. Sizdan barcha savollarga to’g’ri javob berish talab qilinadi.

  • Hayvonlar dunyosida

    “Hayvonot olamida” – bo'yoqli va qiziqarli o'yin bo'lib, sizni yovvoyi tabiat va unda yashovchilarning ajoyib olami bilan tanishtiradi.

  • Harfxo'r

    “Harf yutuvchi”ga harflar bilan to'ldirilgan turli qutilar bilan taqdirlovchi g'orga etib olishiga yordam bering.

  • Shaxmatning sehrli olami (BETA)

    «Shaxmat sehrli olam» – shaxmat bo’yicha darslikning elektron versiyasi. Darslik muallifi - shaxmat bo’yicha jahon chempioni , faxrimiz Rustam Mashrukovich Qosimjonov. Darslikning elektron versiyasida o’quvchilarning materialni oson o’zlashtirishlari hamda shaxmat o’ynashni qisqa muddatda o’rganishlari uchun figuralarning animatsion yurishlari, shaxmat o’yini usullari va yetakchi grossmeysterlarning o’yinlaridan to’liq namunalar keltirilgan. Darsni o’rganib bo’lgandan so’ng olingan bilimni mustahkamlash maqsadida testdan o’tish tavsiya qilinadi. Materialni to’liq o’zlashtirmasdan turib, test topshiriqlarini bajarish foydalanuvchi uchun murakkablik tug’diradi. Elektron darslik o’zbek va rus tillarida tavsiya qilingan bo’lib,original dizayn, yoqimli musiqa bilan boyitilgan. Foydalanish hamda tushunish oson. Mamlakatimizning turli burchagidan turib foydalanish, xohlovchilar uchun qulay ko’rinishda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit