Ekranda yotoqxonaning surati havola etilgan. Siz ushbu suratdagi jihozlarning nomini bilasizmi? Har bir jihozni nomini to’g’ri topishga harahat qiling.
Ekranda 16 dona kartochka havola etilgan, shulardan sakkiztasida insonlarning surati, yana sakkiztasida ularning kasblari ko'rsatilgan. Siz insonlarni va ularning kasblarini to'g'ri topishga harakat qiling.
Futbol o'yini qayerdan kelib chiqgan? Ilk futbol o'yinchisi kim bo'lgan va shu kabi futbolga oid savollarga bizning o'yin orqali javob topasiz. Futbol to'g'risidagi hikoyadan parcha o'qib ko'ring va betartib yozilgan jumlalarni joy-joyiga qo'yib ulardan gap tuzing.
Kattalarning 32 ta tishi bor. Ushbu o'yin orqali sizlar tishlaringizni qanday parvarish qilish kerakligini o'rganib olasiz. Tishlarni parvarish qilishning 5 turini havola etamiz.
Hozir Superqahramonlar to'g'risida nimalarni bilishingizni tekshirib ko'ramiz. Oynachaning chap tarafida qahramonlarning nomlari, o'ng tarafida esa qahramonlar to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatib o'tilgan. Sizning vazifangiz katakchalardagi ma'lumotlarni to'g'ri tartibda joylashtirib chiqishdan iborat.
Tropik o'rmonlar tabiatda muhim o'rin egallaydi. Siz tropik o'rmonlar bilan bog'liq so'zlarni topa olasizmi? O'zingizni sinab ko'ring.
Tropik o'rmonlarda turli jonivorlar yashaydi, ushbu o'yin orqali siz barcha jonivorlarning nomini topa olasizmi? O'zingizni sinab ko'ring.
Uyingizni tasavvur qiling va uyingizda qanday xonalar borligini eslang va ushbu xonalarni ingliz tilida aytishga urinib ko'ring.
Ushbu o'yin yordamida siz maktab bilan bog'liq bo'lgan so'zlarni talaffuz qilishni o'rganib olasiz.
Dengizda turli mavjudotlar yashaydi. Dengiz tubiga sho'ng’ib ko'ring va ulardan qaysilarini bilishingizni aniqlang, lekin nahang baliqdan ehtiyot bo'ling.