«Shaxmat sehrli olam» – shaxmat bo’yicha darslikning elektron versiyasi. Darslik muallifi - shaxmat bo’yicha jahon chempioni , faxrimiz Rustam Mashrukovich Qosimjonov. Darslikning elektron versiyasida o’quvchilarning materialni oson o’zlashtirishlari hamda shaxmat o’ynashni qisqa muddatda o’rganishlari uchun figuralarning animatsion yurishlari, shaxmat o’yini usullari va yetakchi grossmeysterlarning o’yinlaridan to’liq namunalar keltirilgan. Darsni o’rganib bo’lgandan so’ng olingan bilimni mustahkamlash maqsadida testdan o’tish tavsiya qilinadi. Materialni to’liq o’zlashtirmasdan turib, test topshiriqlarini bajarish foydalanuvchi uchun murakkablik tug’diradi. Elektron darslik o’zbek va rus tillarida tavsiya qilingan bo’lib,original dizayn, yoqimli musiqa bilan boyitilgan. Foydalanish hamda tushunish oson. Mamlakatimizning turli burchagidan turib foydalanish, xohlovchilar uchun qulay ko’rinishda.
Sizning e'tiboringizga olti hil turdagi turli hil transport vositalari havola etilgan. Ta'rifni tinglang va transport vositasini kerakli rangga bo'yab chiqing.
Ta'rifni diqqat bilan o'qing va bayroqlarni kerakli ranglarga bo'yab chiqing.
Sizning e'tiboringizga olti xil turdagi turli uy jonivorlari havola etilgan. Ta'rifni diqqat bilan o'qing va ularni kerakli ranglarga bo'yab chiqing.
Jodugarlar katta dosh qozonlarda sehrli damlamalar qaynatishadi. Siz jodugarlarga sehrli damla qaynatishga yordam berayotgan jonivorlarni, kerakli ranglarga bo'yab chiqishga harakat qiling.
Ko'z oldingizda turli shakldagi shirinliklarga boy quti turibdi. Ta'rifni e'tibor bilan tinglang va shirinliklarni kerakli ranglarga bo'yab chiqing.
Sizning e'tiboringizga olti xil turdagi turli dengiz jonzotlari havola etilgan. Ta'rifni diqqat bilan ơqing va ularni kerakli ranglarga bo'yab chiqing.
Ta'rifni o’qing va bolalar maydonchasidagi buyumlarni kerakli ranglarga bo’yab chiqing.
Maqsad "Ot" sipohi yordamida shaxmat maydonida turgan barcha piyodalarni zabt etish. Maydonda piyodalarning mavjudligi va yurishni amalga oshirish mumkin bo'lmagan holat mag'lubiyat hisoblanadi.