Mahalliy dasturchilar o`yinlari


  • Munajjim

    «Arkanoid» turkumidan klassik o'yin-siz kema kapitanisiz va astronomik bilimlaringizga tayangan holda osilib turgan kosmo-bloklarni urib tushirishingiz lozim. Sizning kemangiz otilayotgan snaryadlarni tennis raketkasi singari qaytaradi, taslim bo'lmang! O'yin qoidalaridan qo'shimcha qurol va bonuslar haqida bilib oling. Ma'lum bosqichdan o'tganingizdan so'ng astronomiya haqidagi beqiyos bilimlarga ega bo'lish imkoniyati mavjud bo'ladi. Avtorizatsiyadan o'tib o'ynash tavsiya etiladi. Natijalar saqlanadi va ularni yaxshilash hamda reytingda ishtirok etish mumkin bo'ladi.

  • Jahon xalq liboslari

    Berilgan milliy libos qaysi davlatga tegishli ekanligini bayroqlar orqali ifodalashingiz lozim.

  • Ozoda bog'

    O‘yin maqsadi bog‘da ozodalikga rioya etib tinchlikni saqlash. Tashrif buyuruvchilar dam olish bilan birga har xil chiqindilarni tashlab ketishadi. Sizning vazifangiz bog‘dagi tozalikni nazorat qilish. Aks holda tashrif buyuruvchilar sizning bog‘ingizga kelmay qo‘yishadi. Sizga quyidagi anjomlar beriladi. Chiqindi solish uchun chelak, xokandoz, supurgi va chiqindi tozalaydigan moshina. Agar o‘yinchi maydonlarni e’tibordan chetda qoldirib kuzatmasa barcha maydonlarda ahlatlar uyumi yig‘ilib qoladi. Chiqindilar 1 dan 25 gacha son ko‘rsatgichida yoki undan ham ko‘proq bo‘lib oshib boraveradi. Chiqindilarni tozalash uchun sichqoncha kursorini ahlatlar uyumi tomon yo‘naltirasiz va chap tomon tugmachani bosib uyumlarni tozalaysiz. Chiqindi chelakchaga har bir bosilgan tugmachalar chiqindilar ko‘satkichini kamaytirib boradi. Chiqindi chelagiga belgilangan sig‘imda chiqindi solish mumkin. Agar chiqindi solinadigan savtcha to‘lib qolsa, maydonning pastki chap burchagida savatcha rasmini bosasiz sizga yana chiqindi uchun savatcha beriladi. Maydondagi chiqindilarni tozalash uchun ma’lum muddat vaqt sarflaysiz. Xokandoz 2 ta chiqindini, savatchaga tashlaydi. Supurgi 3 ta chiqindini tozalaydi lekin savtchaga sola olmaydi. Chiqindi tozalaydigan moshina xar qanday chiqindilar uyumini tozalaydi. O‘yin davomida to‘plagan ochkolaringiz hisobiga siz do‘kondan tozalash uchun ishlatiladigan anjomlaringizni yangilashingiz mumkin. Omad tilaymiz!

  • Maqollar

    O‘yinchining vazifasi berilgan to‘rtta javobdan to‘g‘risini tanlab maqollarni davom ettirishdan iborat.

  • Nishonga ol!

    Barmoqlar gimnastikasi bolada mantiqiy tafakkurni rivojlanirish bilan bir qatorda nutqda nuqson bo'lmasligini ta'minlashda yordam beradi. "Nishonga ol!" o'yinida kichkintoy barmoqlar gimnastikasini bajarib, ekrandagi sharchani to'g'ri nishon tomon yo'naltirishni, shuningdek muvafaqqiyatli bajarilgan yurish uchun rag'batlantiruvchi "ochko" to'plab g'alabaga erishishi mumkin.

  • O'quv qurollari

    O’yinchidan aniq bir predmetga tegishli bo’lgan rasmli o’quv jihozini belgilash talab etiladi.

  • Sport turini aniqla

    Sportning muayyan turiga tegishli turli xildagi sport jihozlari ekranda paydo bo’ladi. O’yinchidan taklif etilgan to’rt sport turi variantlaridan tegishlisini tanlab olish talab qilinadi. Ishtirokchi variantlardan birini tanlab olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.

  • Birgalikda bo'yaymiz!

    10 xil mavzudagi 170 dan ortiq rasmlarni bo'yash, shuningdek, predmet va hodisalarning o'zbek va ingliz tillaridagi nomlanishlarini o'rganish uchun yaxshi imkoniyat!

  • Parvoz zavqi

    Parvoz zavqini his qilish uchun ajoyib imkoniyat!

  • Fazoviy yulduzchalar

    Turli xil shakldagi fazoviy yulduzlarni birlashtirish!

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit