Ali tog`asini do`konidan sehrli gilam topib oldi va bu sehrli gilam Alini qayerga olib ketadi, hamda u yo'lida kimlarni uchratadi?
Ko'pgina shaharlarda Xitoy kalendari bo'yicha yangi yil nishonlanadi. Har bir yil kalendarga ko'ra 12 ta jonivorning nomi bilan ataladi. Masalan 2008 yil Kalamush yili, 2009 yil esa Buqa yili bo'lib bu yilda tug'ilgan insonlar jismonan baquvvat, mehnatkash, va do'stlariga nisbatan sabrli va og'ir vazmin insonlar deb hisoblanadi. Tinglang qizaloq nima sababdan Xitoy yangi yilini yoqtiradi va shu kuni u nima bilan band bo'lishini bilib oling.
25 dekabr kuni Buyuk Britaniyada “Rojdestvo” bayramini nishonlashadi. Ushbu bayramni urf odatlari ko'p, masalan yosh bolalarga sovg'alar hadya qilinadi. Tinglang bolakay qanday urf odatlar haqida sizga hikoya qiladi, shunda siz yana qanday urf odatlar borligi haqida bilib olasiz.
Kevin juda qaysar pahlavon. Kevin u mamlakatdan bu mamlakatga diqqatga sazovor bo'lgan obidalarni ko'chirib yuradi. Hikoyamizni o'qing hamda tinglang va ko'pgina qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling.
Yosh shahzoda uydan qochib ketdi shu payt uni katta ko'r shapalak olib qochib ketdi. Endi uni kim qutqararkin? Ramazon oyi musulmonlarda kambag`allarga yordam beradigan oy hisoblanadi. Ramazon oyida kechqurunlari yoritib turadigan “Shisha chiroq” haqidagi hikoyani o`qing.
Ushbu hikoya bolakayning sevimli libosi unga kichkina bo'lib qolganligi sababli u tushkun kayfiyatga tushib qolganligi haqida. Bolakayning onasi unga yordam bera oladimi? Hikoyani tinglang va bilib oling.
Rojdestvo bayrami arafasida Santa Klausning ishlari juda ko'p u butun dunyo bolalariga sovg'a ulashishga tayyorlanmoqda, u bir vaqt ichida bolajonlarga sovg'alarni tarqatishga qanday ulgurar ekan? O'yinimiz orqali Santa Klaus qanday ish tutganligini hamda unga kim yordam berganligini bilib oling.
Bazz va Bob sarguzashtlar oromgohida dam olmoqdalar. Siz nima deb o`ylaysiz ular oromgohda sportning qaysi turi bilan shug`ullanmoqdalar? Hikoyani o`qing va bilib oling.
Abrakadabra bu sehrli so'z, siz nima deb o'ylaysiz Billi Tomni uchishiga yordam bera oladimi? Qo'shiqni eshitib ko'ring va undagi sehrli so'zlarni bilib oling.
Sizga do'konlarga borish u bu narsa xarid qilish yoqadimi? Qo'shiqni eshitib ko'ring hamda qanday do'konlar borligini va nimalar xarid qilish kerakligini bilib oling. Sanab o'tilgan do'konlardan qaysi biriga borishni istaysiz?