Yangi o‘yinlar

  • Milliy taomlar

    O'yinda ko'plab milliy taomlar va ularni tayyorlash uchun kerakli masallixlar jamlangan. Sizning maqsadingiz, ma'lum bir darajani olish uchun aniq bir miqdordagi milliy taomlarni barcha kerakli masallixlardan foydalangan holda tayyorlash.

  • Matematik pazl

    Ikkinchi sinf o'quvchilari va undan katta yoshlilarga mo'ljallangan. Har bir kishi uchun o'z qobiliyatini sinab ko'rish foydadan xoli bo'lmaydi. O'yin davomida maydon ostida tasvirlangan bulutlarda yozilgan aniq natijalarni ko'rsatish lozim. Natijalarni misollar yordamida sichqoncha bilan maydonga olib kelamiz. Agar natija to'g'ri bo'lsa – suratning bir qismi ochiladi. Boshlang'ich harakat bilan barcha rasmlarni ochib chiqish o'yinning asosiy topshirig'i hisoblanadi. Avtorizatsiyadan o'tib o'ynash tavsiya etiladi. Natijalar saqlanadi va ularni yaxshilash hamda reytingda ishtirok etish mumkin bo'ladi.

  • Yo'l harakati qoidalari

    Yo'l harakati qoidalarini o'rgatuvchi belgilar bo'yicha bilimingizni tekshirib ko'ring. Har bir savolga javob berish vaqti chegaralangan. To'g'ri javob uchun taklif qilingan variantdan mosini tanlab olish lozim. Iloji boricha ko'proq ball yig'ish lozim. Avtorizatsiyadan o'tib o'ynash tavsiya etiladi. Natijalar saqlanadi va ularni yaxshilash hamda reytingda ishtirok etish mumkin bo'ladi. Uchinchi sinf va undan katta yoshlilar uchun mo'ljallangan o'yin.

  • So'z tuzing

    Berilgan barcha harflar yordamida so'z tuzing.

  • Geografiya

    Siz, qaysi mamlakat qayerda joylashganligini bilasizmi? Ushbu mamlakatlarning poytaxtlari, bayroqlari haqida ma'lumotga egamisiz? Unday bo‘lmasa sira xafa bo‘lmang, chunki ushbu o‘yin orqali siz o‘z bilimlaringizni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ushbu o‘yindan maqsad barcha mamlakatlarni topish va ularga tegishli bo‘lgan poytaxtlar va bayroqlarni aniqlashdir. Sizning e'tiboringizga 3 xil rangdagi bosqichlar havola etilgan: moviy rang, olov rang va feruza rang (pastdagi tugmachalar). Agar siz xarita orqali mamlakatni topmoqchi bo‘lsangiz, moviy rang tugmachani bosasiz va sizga kerakli qit'ani tanlaysiz, poytaxtni topmoqchi bo‘lsangiz olov rangli tugmachani tanlaysiz, bayroqni topmoqchi bo‘lsangiz feruza rangli tugmachani tanlaysiz. Har bir ob'yektni qidirish uchun (mamlakat, poytaxt, bayroq) 20 soniya vaqt ajratiladi. Siz berilgan 20 soniya vaqt ichida barcha savollarga javob berishga ulgura olmasangiz yoki noto‘g‘ri javob bersangiz, kompyuter siz qidirayotgan ob'yekt qayerda joylashganligini o‘zi sizga ko‘rsatib beradi.

  • So'z

    Taklif etilgan so'zlardan to'g'risini tanlang.

  • Matematik amallar

    Foydalanuvchiga matematik ifoda taqdim etiladi, ifodada bitta amal tushirib qoldirilgan. Foydalanuvchi quyidagi yetti amaldan birini tanlab, ifodani tiklashi lozim: qo`shish, ayirish, ko`paytirish, bo`lish, tenglik, katta yoki kichik belgisi. Ajratilgan vaqt ichida iloji boricha ko`proq ifodani tiklash lozim.

  • Maqollar

    Задачей игрока является правильное продолжение пословицы, путем выбора одного из четырех представленных вариантов ответа

  • O'quv qurollari

    O’yinchidan aniq bir predmetga tegishli bo’lgan rasmli o’quv jihozini belgilash talab etiladi.

  • Bayroqlar va mamlakatlar

    Mazkur ilova sizni davlat bayroqlari bilan birga geografiya fanini o’zlashtirishingizga yordam beradi.

Eng yaxshi o‘yinchilar

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit