Ozoda bog'

O‘yin ta‘rifi

  • Janr:
    Mahalliy dasturchilar o`yinlari
  • Yosh cheklashlari:
    07
  • O‘yin ta‘rifi:
    O‘yin maqsadi bog‘da ozodalikga rioya etib tinchlikni saqlash. Tashrif buyuruvchilar dam olish bilan birga har xil chiqindilarni tashlab ketishadi. Sizning vazifangiz bog‘dagi tozalikni nazorat qilish. Aks holda tashrif buyuruvchilar sizning bog‘ingizga kelmay qo‘yishadi. Sizga quyidagi anjomlar beriladi. Chiqindi solish uchun chelak, xokandoz, supurgi va chiqindi tozalaydigan moshina. Agar o‘yinchi maydonlarni e’tibordan chetda qoldirib kuzatmasa barcha maydonlarda ahlatlar uyumi yig‘ilib qoladi. Chiqindilar 1 dan 25 gacha son ko‘rsatgichida yoki undan ham ko‘proq bo‘lib oshib boraveradi. Chiqindilarni tozalash uchun sichqoncha kursorini ahlatlar uyumi tomon yo‘naltirasiz va chap tomon tugmachani bosib uyumlarni tozalaysiz. Chiqindi chelakchaga har bir bosilgan tugmachalar chiqindilar ko‘satkichini kamaytirib boradi. Chiqindi chelagiga belgilangan sig‘imda chiqindi solish mumkin. Agar chiqindi solinadigan savtcha to‘lib qolsa, maydonning pastki chap burchagida savatcha rasmini bosasiz sizga yana chiqindi uchun savatcha beriladi. Maydondagi chiqindilarni tozalash uchun ma’lum muddat vaqt sarflaysiz. Xokandoz 2 ta chiqindini, savatchaga tashlaydi. Supurgi 3 ta chiqindini tozalaydi lekin savtchaga sola olmaydi. Chiqindi tozalaydigan moshina xar qanday chiqindilar uyumini tozalaydi. O‘yin davomida to‘plagan ochkolaringiz hisobiga siz do‘kondan tozalash uchun ishlatiladigan anjomlaringizni yangilashingiz mumkin. Omad tilaymiz!
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit